Jahon | 21:35 / 15.11.2021
8968
2 daqiqa o‘qiladi

“Yevropada yil avtomobili” nomi uchun kurashadigan modellar ma'lum qilindi

Car of the Year 2022 tanlovi tashkilotchilari Yevropada 2022 yildagi eng yaxshi avtomobil nomiga kurashadigan modellarni ma'lum qilishdi.

Foto: Darren Martin

Tanlovning Yevropaning 23 ta davlatidan bo‘lgan 60 nafar jurnalistdan tashkil topgan hakamlar hay'ati finalga chiqishga da'vogarlik qiluvchi 39 ta modelni tanlashdi. 29 noyabrda ushbu avtomobillardan 7 tasi final bosqichi uchun tanlab olinadi. Tanlov g‘olibi 2022 yil 16 fevralda e'lon qilinadi.   

Car of the Year-2022 nomini olish uchun quyidagi modellar kurash olib boradi: Aiways U5, Audi E-tron GT/RS E-tron GT, Audi Q4 E-tron/Q4 E-tron Sportback, BMW 2 Series Coupe, BMW 2 Series Active Tourer, BMW 4 Gran Coupe, BMW i4, BMW iX, Cupra Born, Dacia Spring, DS 4, DS 9, Ford Mustang Mach-E, Honda HR-V, Hyundai Bayon, Hyundai Ioniq 5, Kia EV6, Lexus NX, Lynk & Co 01, Maserati MC20, McLaren Artura, Mercedes-Benz C-Class, Mercedes-Benz Citan/Renault Kangoo, Mercedes-Benz EQS, MG EHS, MG Marvel R, Nissan Qashqai, Opel Mokka, Peugeot 308, Renault Arkana, Renault Megane E-Tech, Skoda Enyaq iV, Skoda Fabia, Subaru Outback, Tesla Model Y, Toyota Highlander, Toyota Yaris Cross, Volkswagen Caddy, Volkswagen ID.4 va Volkswagen T7 Multivan.

Tanlovda ishtirok etish uchun modellar Yevropaning kamida 5 ta davlatida sotilayotgan bo‘lishi lozim.

2021 yilda Yevropadagi eng yaxshi avtomobil nomiga Toyota Yaris modeli sazovor bo‘lgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid