Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada terrorchilik xavfi “jiddiy” darajagacha oshirildi
Britaniyada Liverpulda taksi mashinasi portlatilgandan keyin terrorchilik xavfi 5 ballik shkala bo‘yicha 4-darajaga, ya'ni “sezilarli”dan “jiddiy”gacha oshirildi. “Bu teraktlar sodir etilishi ehtimoli yuqoriligini anglatadi”, deb aytgan hukumatning shoshilinch yig‘ilishida Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel.
O‘z navbatida, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson “terrorchilar mamlakatni qo‘rqita olmasligini” aytgan. “Biz aqlsiz jinoyatlari bilan oramizga nifoq solishga urinayotganlarga hech qachon yon bosmaymiz”, deb aytgan Jonson.
14 noyabrda Liverpulda akusher va ginekologiya klinikasi yonida taksiga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Buning oqibatida shubhali xatti-harakatlaridan keyin haydovchi tomonidan mashina ichida qulflab qo‘yilgan yo‘lovchi halok bo‘lgan. Politsiya ushbu hodisani terakt sifatida tergov qilmoqda.
Aksilterrorchilik bo‘linmasi ma'lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilmani qurbonning o‘zi yasagan. Uning shaxsi aniqlangan, biroq tergov manfaati nuqtayi nazaridan uning ismi oshkor qilinmayapti. Voqea oqibatida taksi haydovchisi ham yengil jarohat olgan.
Politsiya, shuningdek, terrorchining 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar ehtimoliy sherigini qo‘lga olgan.
Portlash Britaniyada nishonlanuvchi Xotira kunida, halok bo‘lgan britaniyalik harbiylar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash oldidan yuz bergan. Taxminlardan biriga ko‘ra, taksi yo‘lovchisi xotira tadbiri o‘tgan Liverpul markazidagi cherkov oldida mashinani portlatmoqchi bo‘lgan, biroq mashina cherkov yonigacha bora olmagan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025