Jahon | 20:30 / 16.11.2021
2633
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada yangi hukumat shakllantirildi

Foto: wikimedia.org

Chexiyada parlament saylovlarida g‘alaba qozongan beshta liberal partiya va harakatlar tomonidan yangi hukumatni shakllantirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Yangi hukumat hokimiyatni qabul qilishga tayyor, deb xabar bergan Fuqarolik demokratik partiyasi raisi Petr Fialaga tayanib Chexiya radiosi.

Mamlakat prezidenti Milosh Zeman aynan Fialaga hukumatni shakllantirishni topshirgandi.

“Biz hukumat darajasida Chexiya uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz”, deb aytgan Fiala.

17 noyabrda prezident Zeman bosh vazir lavozimiga yagona nomzod bo‘lgan Fialani Pragadagi harbiy gospitalda qabul qiladi. Zeman hozirda ushbu shifoxonada davolanmoqda. Chexiya prezidenti yangi hukumat tarkibi bilan tanishtiriladi. U avvalroq bo‘lg‘usi vazirlar bilan ular tayinlangungacha uchrashish istagini bildirgan.

Fiala prezident yangi hukumatni tayinlash jarayonini cho‘zib yubormasligiga ishonch bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid