Jahon | 20:24 / 16.11.2021
7103
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevan sharqiy chegaradagi janglarda 12 nafar harbiy asirga tushganini ma'lum qildi

So‘nggi kunlarda Tog‘li Qorabog‘ va Armanistonning Syunik oblasti bilan chegaradosh hududlarda vaziyat keskinlashdi.

Foto: AP

Armaniston va Ozarboyjon qurolli kuchlari o‘rtasidagi janglar davom etmoqda, 12 nafar armanistonlik harbiy xizmatchi asirga tushgan. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

«Jangovar harakatlar to‘xtagani yo‘q. Armaniston tomonining javob harakatlari natijasida dushman katta yo‘qotishga uchradi, o‘nga yaqin zirhli texnika yo‘q qilindi yoki ishdan chiqarildi. Armaniston tomonida ham yo‘qotishlar bor. Ma'lumotlar tekshirilmoqda. Armaniston qurolli kuchlarining 12 nafar harbiy xizmatchisi asirga olingan», — deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi kunlarda Tog‘li Qorabog‘ va Armanistonning Syunik oblasti bilan chegaradosh hududlarda vaziyat keskinlashdi. Tomonlar qurolli to‘qnashuvlar haqida ma'lum qilmoqda.

13 noyabr kuni Ozarboyjon Shushadagi blokpostga Armaniston tomonidan hujum uyushtirilganini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid