Xalqaro Lactel® brendi O‘zbekiston bozoriga chiqdi
Lactel® brendi o‘zining sut mahsulotlari bilan mashhur bo‘lib, ularni ishlab chiqarish uchun tabiiy sifatli xomashyolardan foydalanadi.
Lactel® — 50 dan ortiq mamlakatlar bozorlariga chiqqan sut mahsulotlari bo‘yicha xalqaro eksperti bo‘lib, mazkur brend ostidagi mahsulotlar butun dunyo bo‘ylab qadrlanadi. Lactel® ko‘p yillar davomida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan Fransiyaning Lactalis Group xalqaro konserni tarkibiga kiradi. Kompaniya yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos usullari bilan mashhur. Ushbu mahsulotlar yuqori sifatli xomashyo va masalliqlardan foydalangan holda ishlab chiqarilganligi tufayli o‘zining tabiiyligi bilan ajralib turadi.
Sut mahsulotlari bozori brendlarga nisbatan juda talabchan. Doimiy sifat nazoratisiz, shuningdek mahsulotlar turlarini ko‘paytirish ustida tinimsiz mehnat qilmay turib, yetakchi o‘rinlarda qolish qiyin.
Lactel® brendi o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qolish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Mahsulotlar sifatli bo‘lishi uchun kompaniya minimal ishlov bergan holda tabiiylikni saqlab qolishga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalardan foydalanadi, hamda xomashyo va tayyor mahsulotlarga nisbatan qat'iy talablarni qo‘llaydi.
Bundan tashqari, ko‘p yillik tajriba va zamonaviy iste'mol trendlarini diqqat bilan o‘rganish ham kompaniyaga bu borada qo‘l keladi. Yangi bozorlarda muvaffaqiyatga erishishdagi hal qiluvchi omil esa kompaniyaning xalqaro tajribasini har bir mintaqaning an'analari bilan uyg‘unlashtirish qobiliyati bo‘lib, bu ham mahsulotga, ham mahalliy aholining unga bo‘lgan munosabatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Lactel® brendi iste'molchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lgani tufayli butun dunyoda odamlar uni sifatli va foydali sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan kompaniya sifatida bilishadi.
O‘zbekiston Lactel® uchun o‘ziga xos sinovga aylandi. Mamlakat aholisi sifatli sut mahsulotlarini juda yaxshi farqlay olishadi. Ularning aksariyati bugungi kungacha sut mahsulotlarini xususiy xo‘jaliklardan xarid qilishni afzal ko‘rganlar. Shuning uchun, kompaniya faqatgina sifatli sutdan foydalanishi va faqatgina ishonchli mahalliy xo‘jaliklar bilan ishlashi, mahsulot sifatini doimiy ravishda nazorat qilishi va ishlab chiqarish bosqichida sutning barcha foydali xususiyatlarini saqlashga harakat qilishini iste'molchilarga tushuntirish brend uchun juda muhim edi.
Lactalis Agro MChJ zavodi uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini va mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlangan. Maxsus haroratli ishlov berish tufayli ultrapasterizatsiyalangan Lactel® sutida barcha foydali xususiyatlar va mikroelementlar saqlanib qoladi. Xuddi shu xususiyat nafaqat mazali, balki vitaminlarga ham boy bo‘lgani sababli kattalar va bolalarning sevimli ichimligiga aylangan Lactel® sutli kokteyllariga ham taalluqli. Qo‘shimcha afzallik — ularning xilma-xilligi. Xozirgi kunda biskvit, shaftoli va shokolad ta'mli kokteyllar ham ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekiston xalqiga manzur bo‘lgan yana bir mahalliy mahsulot — bu tabiiy Lactel® sariyog‘i. U shirin qaymoqli ta'mga ega bo‘lib, sendvichlardan tortib pishiriqlargacha bo‘lgan turli xil taomlarni tayyorlashda ishlatish mumkin bo‘lgan universal mahsulot hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida shuningdek «jonli» yogurtlar va tvorojoklar ham taqdim etilgan. «Jonli» deyilishiga sabab shundaki, ularning tarkibida ichak florasini normallashtiruvchi, immunitetni mustahkamlab, metabolizmni yaxshilaydigan foydali laktobakteriyalar bor. Ularning tarkibida konservantlar bo‘lmagani sababli yaroqlilik muddati qisqa. Supermarket va do‘konlarda shaftoli, qulupnay, gilos va vanil ta'mli yogurt va tvorojoklarni topish mumkin.
Mazali va sifatli Lactel® mahsulotlarining keng assortimenti mahalliy xaridorlarga o‘z yaqinlari haqida g‘amxo‘rlik qilish, brend uchun esa vatani Fransiyada va butun dunyoda keng e'tirof etilishiga sabab bo‘lgan missiyasini davom ettirishga imkon beradi.
Reklama huquqi asosida