Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchilardan biri vafot etdi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ikki avtomobil ishtirokida sodir to‘lgan to‘qnashuv oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi, deya ma'lum qilmoqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 19 noyabr kuni soat 16:10 lar chamasida, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Katput qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 257-kilometrida Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan T.E. “Nexia 3” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida “Nexia” avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. “Nexia” haydovchisi T.E. yong‘in oqibatida vafot etgan. “Lacetti” avtomobili haydovchisi A.Sh. va uning onasi X.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bundan avvalroq Furqat tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 4 nafar shaxs vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025