Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
Kecha, 18 noyabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ma'lum qilinishicha, vazirlar Rossiyaga kutilayotgan oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik yuqori darajada ekanini qayd etgan.
Uchrashuv yakunida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlash yuzasidan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo Kelishuv hamda biologik xavfsizlik masalalarida o‘zaro tushunish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
«2022 yil O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi. Biz hamkorlikda ushbu muhim sanani nishonlash uchun yirik ijtimoiy va madaniy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqdik», – deydi Abdulaziz Komilov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
21:28 / 30.04.2025