Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikki nafar ayolni 1 000 dollar evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida ikki nafar ayolni 1 000 AQSh dollari evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nishon tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqaro X.A. ikki nafar ayolni tanishlari yordamida 1 000 dollar evaziga «J.T.» xususiy korxonasiga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, shundan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryoda ishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarolardan pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryoda fuqaroni «Enter Engineering»ga ishga kiritaman deb 3900 AQSh dollarga chuv tushirishdi
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025