O‘zbekiston | 11:39 / 19.11.2021
2070
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» tuman filialining murojaatiga asosan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda filialning chakana xizmatlari sobiq bo‘lim boshlig‘i J.T. 9 nafar fuqaroning omonatga qo‘yish uchun topshirgan jami 566 million so‘m naqd pullarini omonat hisobraqamlariga qo‘ymasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda o‘zini departament xodimi deb tanishtirib fuqaroning 30 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq mutasaddiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid