Buxoroda qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs tezkor xodimga pora bermoqchi bo‘ldi
Jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan sirdaryolik fuqaro Buxoro shahrida qo‘lga olingach, ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Boyovut tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Yu.J. joriy yilning 12 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun unga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda qidiruv e'lon qilingan.
Buxoro shahar IIO va FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbiri davomida Yu.J. Buxoro shahrida qo‘lga olingan. U o‘ziga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSh dollari pora berishni taklif qilgan. Yu.J. Buxoro shahar IIO FMB 4-sonli IIB binosidagi xizmat xonada tezkor xodimga 4,2 mln so‘m va 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024