Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bir necha kishining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bir necha kishining pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 oktabr kuni, Denov tumani Dashtichinor mahallasida yashovchi N.Nodir va Ya.Odil, tumanning Sina mahallasida yashovchi S.Jasur tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Ularning murojaatiga ko‘ra, Denov tumani Sumbula mahallasida yashovchi X.Doston ularning ishonchiga kirib, 2019 yil mart oyida, N.Nodirning 7 million so‘m, 2021 yil fevral oyida S.Jasurning 200 AQSh dollarini, 2021 yil mart oyida Ya.Odilning 20 million so‘m pullarini olib aldab olgan. So‘ng o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Joriy yil 2 noyabr kuni X.Dostonga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025