Olimlar tomirida elektr energiyasini to‘play oladigan o‘simlik yaratishdi
Lincheping universitetining yangi tadqiqoti o‘simlik ildizlarini qanday qilib energiya zaxiralariga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi. Ildiz elektr o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun uni maxsus eritma bilan sug‘orish talab etiladi.

Foto: newatlas.com
Electronic Plans Group tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ana shunday natijaga olib keldi. 2015 yilda jamoa o‘simlikka PEDOT o‘tkazuvchi polimer qo‘shish yo‘li bilan atirgullarning tomir to‘qimalarida elektr zanjirlari yaratgan edi. Keyinchalik undan tranzistorlarni shakllantirishda foydalanilgan. 2017 yilda olimlar uning o‘rniga o‘simlik ichida hosil bo‘lgan kon'yugatsiyalangan oligomer ETE-S joriy etishgan.U esa elektr energiyasini to‘play oladigan elektr o‘tkazgichga aylangan.
Dastlabki bosqichlarda hayotiyligi qisqa muddat davom etgan kesilgan o‘simliklar bilan ish olib borilgan. So‘nggi tadqiqotda urug‘lardan o‘stirilgan oddiy loviya bilan ishlangan, u oligomerli eritma bilan sug‘orilgan. Phaseolus vulgaris dukkakli o‘simligi ETE-S oligomerlarini tabiiy tartibda polimerlashtirgan.

Natijada ildizda elektr energiyasini o‘tkazuvchi polimer pelenka hosil bo‘ldi va jami ildiz tizimi to‘rt haftadan ortiq muddat davomida elektr faol bo‘lgan simlar tizimiga aylangan. Ildiz kondensatorlar zaryadlash va zaryaddan tushirish vaqtidagi elektrodlar kabi harakat qilgan. Tirik o‘simlik kesilgan o‘simlikka qaraganda 100 marta ko‘proq energiya saqlay olgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

19:11 / 31.03.2025