Jahon | 17:31 / 24.11.2021
2909
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung AQShda 17 mlrd dollarga zavod quradi

Zavodga poydevor qo‘yish 2022 yilning birinchi yarmida amalga oshiriladi, 2024 yilning ikkinchi yarmida esa korxona ishga tushadi.

Foto: Reuters

Samsung Electronics AQShning Texas shtatida 17 mlrd dollarga yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqariladigan zavod quradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Zavodga poydevor qo‘yish 2022 yilning birinchi yarmida amalga oshiriladi, 2024 yilning ikkinchi yarmida esa korxona ishga tushadi.

Yangi korxonaga mablag‘ sarflash (17 mlrd dollar) bilan birgalikda Samsung AQShga 47 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritadi.

Yangi zavod aholisi 16 ming kishini tashkil etuvchi Teylor shahrida quriladi, shahardan 25 km uzoqlikdagi Ostin shahrida Samsung kompaniyasining yana bir zavodi joylashgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShning mikrosxemalar ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi ulushi 1990 yildagi 37 foizdan 12 foizga tushib ketgan. Hozirda ushbu sohada Xitoy, Tayvan va Janubiy Koreya yetakchi hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid