Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada lira qiymati tushib ketgani uchun Apple mahsulotlari sotuvi to‘xtatildi
Valuta kursi tushib ketgani uchun Turkiyadagi narxlar AQShdagi narxlardan ancha arzon bo‘lib qoldi.
Turkiyada lira kursi keskin tushib ketganligi sababli Apple kompaniyasi mahsulotlari sotuvi to‘xtatildi. Bu haqda Habertürk nashri yozmoqda.
24 noyabr kuni bir AQSh dollari 13 liradan oshdi.
Xabarda aytilishicha, ilgari turkiyaliklarga xorijdan Apple mahsulotlarini sotib olish foydaliroq edi. Bu Turkiya hududida olinadigan soliq va yig‘imlar bilan bog‘liq bo‘lib, natijada mahsulot narxi oshib ketardi.
Ammo hozirda valuta kursi tushib ketgani uchun Turkiyadagi narxlar AQShdagi narxlardan ancha arzon bo‘lib qoldi.
Shu bois Apple mamlakatdagi mahsulotlari narxlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi va rasmiy saytida mahsulotlarga buyurtma olishni to‘xtatdi.
Turkiya lirasi qiymati mamlakat markaziy banki foiz stavkasini 16dan 15 foizga pasaytirganidan so‘ng tushib ketdi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an stavka yanada pasayishini ma'lum qildi.
Turkiya prezidentining fikricha, yuqori stavka inflatsiya o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025