Jahon | 08:32 / 25.11.2021
6837
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik olimlar koronavirusning yanada xavfli yangi shtammi haqida ogohlantirdi

Ma'lumot berilishicha, ushbu shtammda ko‘p sonli mutatsiyalar mavjud. Buning natijasida u vaksinaga ancha chidamli, deb ogohlantirmoqda olimlar.

Botsvana shtammi / Foto: The Mirror

Britaniyalik olimlar koronavirusning boshqa variantlariga nisbatan yanada xavfli yangi shtamm tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi Daily Mail.

Ma'lumot berilishicha, ushbu shtammda ko‘p sonli mutatsiyalar mavjud. Buning natijasida u vaksinaga ancha chidamli, deb ogohlantirmoqda olimlar.

Nashrning yozishicha, hozirda Botsvana, JAR va Hongkongda yangi shtammni yuqtirish bilan bog‘liq o‘nta holat qayd etilgan.

Virusolog Tom Pikok yangi shtamm mutatsiyalarini «dahshatli» deb atadi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu variant «Delta» shtammidan ham xavfli.

O‘z navbatida, genetik Fransua Ballu yangi shtamm antitanalarga oson chap bera olishini qayd etdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid