Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi bog‘cha binosidan jasad topildi
Joriy yilning 20 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini, Paxtaobod ko‘chasida joylashgan 27-bog‘cha binosida fuqaroning jasadi topilgan.
Tuman hokimining qarorida aytilishicha, sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra fuqaro is gazidan zaharlangan deb birlamchi xulosa berilgan.
Tuman hokimi qarori bilan Qo‘shtepa tumani “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘ini, Paxtaobod ko‘chasida joylashgan 27-maktabgacha ta'lim tashkilotida sodir bo‘lgan baxsiz hodisani o‘rganish yuzasidan tuman komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Tuman komissiyasiga komissiya a'zolari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda baxsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holati bo‘yicha barcha o‘zgarishlarni qayd etish, dudburon va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash, baxsiz hodisa guvohlaridan tushuntirish xatlarini olish va boshqa vazifalar yuklatildi.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025