Koronavirusning yangi shtammi bois o‘ndan ortiq mamlakat Janubiy Afrikaga parvozlarni taqiqladi
Belgiyada koronavirusning yangi shtammini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi – bu Yevropada qayd etilgan ilk holat hisoblanadi.

Foto: Leon Neal/Getty Images
Koronavirusning B.1.1.529 deb nomlangan yangi shtammi aniqlangani sababli qator davlatlar Janubiy Afrika mamlakatlariga parvozlarga cheklovlar joriy etishni boshladi, deb xabar berdi The Guardian.
30 noyabrdan Ispaniya Janubiy Afrika va Botsvanaga parvozlarni taqiqlaydi.
Filippin JAR, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Lesoto, Esvatini va Mozambikdan keladigan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Cheklov kamida 15 dekabrgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Britaniya, Hindiston, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Chexiya, Fransiya, Niderlandiya va Singapur ham Janubiy Afrika davlatlariga parvozlarga cheklovlar joriy etdi.
Shu bilan bir vaqtda, Belgiyada koronavirusning yangi shtammini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi – bu Yevropada qayd etilgan ilk holat hisoblanadi.
JAR rasmiylari ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda yangi variant bilan kasallanganlar soni 77 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, Botsvanada to‘rt, Hongkongda bir kishida shu variant aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi

13:54 / 18.09.2024