O‘zbekistonda uch mingdan ortiq qarzdor qidiruvda ekani ma'lum bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi 3 ming nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i chet elga chiqib ketgan. Bu haqda MIB ma'lumotida aytilgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga binoan MIB davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va uning mol-mulki turgan joyi haqida ma'lumotlar bo‘lmaganda, ularni qidirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e'lon qilingan bo‘lib, shundan 4500 nafardan ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.
Bildirilishicha, hozirda 3264 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Bu shaxslarning 2149 nafari respublika hududida yashirinib yurgani, 1115 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketgani aniqlangan.
Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30,7 mlrd so‘m, shu jumladan 22,8 mlrd so‘m aliment pullari undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta'minot olishlari ta'minlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 07.09.2024
Turkiyaga ketib, bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik yigit qidirilmoqda
14:48 / 21.08.2024
RQXga Kursk yaqinida fuqarolarni qidirish bo‘yicha 1500 ta ariza kelib tushdi
07:46 / 27.06.2024
Ma’muriy qamoqxonalarga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi
07:35 / 15.05.2024