Jahon | 19:35 / 26.11.2021
4487
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya banki “O‘zagroeksportbank”ni sotib olishi mumkin

“O‘zagroeksportbank”ning asosiy faoliyati agrosanoat sohasidagi ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning xususiy banklar orasida kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi “Sovkombank” banki O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan “O‘zagroeksportbank”ni to‘liq sotib olishi mumkin, deb yozmoqda “Vedomosti”.

“Sovkombank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari va hammuassisi Sergey Xotimskiy bu ma'lumotni tasdiqladi.

“Hozirda tomonlar kelishuv shartlarini kelishmoqda. Gap bir necha million dollar ustida bormoqda”, — dedi u “Interfaks”ga.

“O‘zagroeksportbank”ni sotib olganidan so‘ng “Sovkombank” uni 10 mln dollargacha kapitalizatsiyalashtirmoqchi.

Xotimskiyning so‘zlariga ko‘ra, “Sovkombank”ning O‘zbekiston uchun limiti 1 mlrd dollar etib belgilangan. Bu limitni oshirish rejasi yo‘q, dedi u.

“O‘zagroeksportbank” 2017 yilda tashkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati agrosanoat sohasidagi ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Mavzuga oid