Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, «yashil» iqtisodiyotni ilgari surish va innovatsiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a'zo. O‘zbekiston IHTga 1992 yilda qo‘shilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025