Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda tadbirkorlar tomonidan 978 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan
«O‘zenergoinspeksiya» Xorazm hududiy bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Jumladan, noyabr oyida 3 ta tadbirkorlik sub'yekti 978 mln so‘m miqdoridagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu o‘rtacha 8 ming aholi xonadonining 1 oylik iste'molini tashkil qiladi.
Urganch tumanida «X» korxonasi tomonidan yetkazilgan zarar 1,4 mln kVt*s yoki 639,4 mln so‘mni, Gurlan tumanidagi «X.S.T.» korxonasiga qarashli suv taqsimlash inshootida yetkazilgan zarar 518 ming kVt*s yoki 233,3 mln so‘mni, hamda «T.E.» fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasosi yetkazgan zarar 234,4 ming kVt*s yoki 105,5 mln so‘mni tashkil qilgan. Umumiy hisobda tizimga 2,1 mln kVt*s yoki 978 mln so‘m zarar yetkazilgan.
O‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida
15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
23:55 / 08.04.2025