Jahon | 00:06 / 28.11.2021
3050
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada mamlakatga kiruvchi barchadan PZR-test topshirish va izolyatsiyada bo‘lish talab qilinadi

Foto: Reuters

Bunga qadar Buyuk Britaniyada tan olingan vaksinalar bilan emlanganlardan mamlakatga kirib kelganidan so‘ng izolyatsiyada bo‘lish talab qilinmasdi.

Buyuk Britaniya mamlakatga kiruvchi barcha uchun majburiy PZR-test topshirish va natija chiqquniga qadar izolyatsiyada bo‘lish tartibini joriy etdi. Bu haqda Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson ma'lum qildi.

“Biz Buyuk Britaniyaga kelayotgan barchadan PZR-test topshirish va manfiy natija olinguniga qadar izolyatsiyada bo‘lishni talab qilamiz”, — dedi Jonson.

Bunga qadar Buyuk Britaniyada tan olingan vaksinalar bilan emlanganlardan mamlakatga kirib kelganidan so‘ng izolyatsiyada bo‘lish talab qilinmasdi.

Jonsonning qayd etishicha, koronavirusning yangi shtamm to‘liq emlanganlarga ham yuqish xususiyatiga ega.

“Bu variant butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda va bizda ham ikkita holat aniqlandi. Aftidan, “omikron” juda tez tarqaladi va vaksinaning ikkala dozasini olganlarga ham yuqadi”, — dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid