Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salkam 5,5 mlrd so‘m. 300 ming xonadonga beriladigan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi 300 ming xonadonning bir kunlik iste'moliga teng tabiiy gazni o‘g‘irlagan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
“Energetika vazirligi, “O‘zneftgazinspeksiya” va “Hududgaz Samarqand” gaz ta'minoti filiali xodimlari 2021 yil 18 noyabrda Samarqand viloyatida maxsus tadbir o‘tkazgan. Unda Narpay tumani, “Tepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Oqtosh Diyorbek Nur” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining tabiiy gazdan foydalanish holati nazorat qilindi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirida gaz hisoblash uskunasidan tashqari AGTKSh hududidan o‘tuvchi “Oromgoh” kichik sanoat zonasini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi kesimi 159 mm.li gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisoblangan gaz hajmi 5 mln 424,0 ming metr kubni va yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 424,0 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik iste'molini tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan noqonuiy holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi
19:06 / 03.03.2025