Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda birinchi davlat iqlim sababli boshqa yerga ko‘chishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi
Tinch okeanidagi bir nechta orollardan tashkil topgan Tuvalu davlati aholisi orollar suv ostida qolishi holatida xavfsiz joyga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Tuvalu tashqi ishlar vaziri Saymon Kofe aytib o‘tdi.
Mamlakat hukumati iqlim o‘zgarishi oqibatida orollar hududi suv ostida qolishi va yashash uchun yaroqsiz holga kelishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Kofening ta'kidlashicha, bu holda Tuvalu iqlim o‘zgarishi sababli boshqa yerga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladigan birinchi davlatga aylanadi. Hozirda mamlakatning 5 mingga yaqin fuqarosi Yangi Zelandiyaga ko‘chib o‘tgan.
“Ayni vaqtda bu mamlakatimiz butun aholisining 50 foizini tashkil qiladi”, deb aytgan vazir.
Uning ta'kidlashicha, hukumat bu masalani xalqaro huquq tomonidan hal qilmoqchi.
“Biz o‘z hududimizni yo‘qotsak ham boshqa davlatlar Tuvaluni tan olishda davom etishlari yo‘lini izlamoqdamiz. Biz, shuningdek, boshqa yerlarda bo‘laturib birgalikda harakat qila olishimiz uchun raqamli millatni yaratishimiz mumkin bo‘lgan texnologiyani muhokama qilmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Kofe.
U bunday choralarning biri sifatida aholi xizmatlarni onlayn olishi uchun barcha jarayonlarni raqamlashtirish rejalashtirilayotganini aytgan.
10 noyabrda Jahon meteorologik tashkilotining yangi hisoboti taqdim etilgandi. Unga ko‘ra, Tinch okeanidagi ba'zi davlatlar global iqlim o‘zgarishi oqibatida yo‘qolib ketishi mumkin.
Bundan bir kun avval, 9 noyabrda esa Kofe BMTning Glazgoda o‘tgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammiti uchun okeanda tizzasigacha suvda turgancha murojaat yo‘llagandi. U iqlim o‘zgarishi va dunyo okeani sathi ko‘tarilishi falokatli ekanini va bu muammo ayniqsa Tuvalu va Tinch okeanidagi boshqa davlatlarga katta xavf solishini aytgan.
5 noyabrda Climate Action Network ekologik nohukumat tashkilotlari global tarmog‘ining Kiribatidagi koordinatori Peleniza Alofa iqlim o‘zgarishi orol-davlatlar uchun ko‘proq xavf solishini, chunki yuzaga kelgan vaziyatda Kiribati, Tuvalu va Marshall orollari yo‘q bo‘lib ketishi uchun birgina sunami yetarli bo‘lishini aytgan.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
23:23 / 28.04.2025
Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi
22:40 / 17.04.2025