Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va'da qilgan shaxslarga jinoiy ish ochildi
Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarida fuqarolarni Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning pulini qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, departament hamda DXXning Farg‘ona shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro M.dan uni Koreya davlatiga ishga jo‘natish uchun vizalarini tezlashtirib olib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, u M.ning ukasi J.ni ham Koreya davlatiga ishga jo‘natish va viza hujjatlarini tezlashtirib olib berish evaziga 5 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda M.A. va Sh.A. Avstraliya davlatiga borish uchun sayyohlik vizasini tayyorlab berishni va'da qilib, jami 6 nafar fuqaroning 39 000 AQSh dollari hamda 26,4 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025