O‘zbekiston | 11:17 / 30.11.2021
57374
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatining sobiq hokimi operatsiya qilindi

Qobul Tursunovda og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov 10 soat davom etgan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, sobiq hokimda intubatsion narkoz ostida laminektomiyasi va bel sohasi umurtqalarini TPF - trans pedikulyar fiksator sistema bilan stabilizatsiya qilish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Amaliyot Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Ravshan Yuldashev va navoiylik neyrojarrohlar hamkorligida amalga oshirilgan.  

Ta'kidlanishicha, hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, keyingi reabilitatsiya muolajalari davom ettirilmoqda.

Qobul Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kuni sog‘ligi yomonlashgani sababli vazifasidan ozod etilgandi. Keyinchalik sobiq hokim shu kuni farmoyish chiqarib, bir qator tashkilotlarga jami 22 mlrd 491 mln so‘m mablag‘ ajratgani ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid