O‘zbekiston | 12:28 / 30.11.2021
5242
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3ta QES qurishga 15ta xorij kompaniyasi qiziqish bildirdi – Energetika vazirligi

O‘zbekistonning Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida quyosh fotoelektr stansiyalari qurish bo‘yicha investorlar uchun tenderning birinchi bosqichi e'lon qilingandan so‘ng, 15ta xalqaro kompaniya mazkur loyihalarga qiziqish bildirgan. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan uchta quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi.

Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar, ochiqlik va shaffoflik talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Unda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasiga bepul malaka so‘rovi taqdim etildi.

Tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan takliflarni olgandan so‘ng, qabul qilingan takliflarning to‘liqligi va izchilligini baholash uchun yuboriladi, shundan so‘ng malakali ishtirokchilarning “qisqa ro‘yxati” e'lon qilinadi, ular keyinchalik tenderning ikkinchi bosqichiga qo‘yiladi.

Mavzuga oid