Jahon | 18:27 / 01.12.2021
35590
5 daqiqa o‘qiladi

1 dekabr - butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: faktlar va raqamlar

Bugun butunjahon OITCga qarshi kurash kuni. OITS haqida nimalarni bilamiz? Kasallik nimasi bilan xavfli? Butun dunyoda va O‘zbekistonda bu kasallik bilan qancha odam kasallangan? Bugun shularni yana bir bor yodga olamiz.

Foto: culture.ru

OITS qanday kasallik?

OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) –  OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.

OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.

OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba'zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

OITV asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqadi. 

Dunyoda…

Kasallik bugungi kunda ham keng tarqalgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam OITV bilan kasallanadi.  

UNAIDS ma'lumotlariga ko‘ra:

OITV bilan kasallanganlar soni — 2020 yilda dunyo bo‘ylab  taxminan 37,7 million kishini tashkil etdi. Ulardan 36 millioni kattalar va 1,7 millioni 0–14 yoshli bolalardir. Yarimdan ko‘pi (53 foiz) ayollar va qizlar edi.

O‘zbekistonda holat qanday?

2020 yil ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 58 mingtani tashkil etadi. Tuzalganlar – 2800 nafar. 2020 yil ma'lumotlari bu kasallikdan 1000ga yaqin odam o‘lganini ko‘rsatadi.

Yangi OITV

Yangi OITV infeksiyalarining 1,3 millioni 15 yoshdan oshganlar, 160 ming nafari 0–14 yoshli bolalar orasida kuzatilgan.

OITV testi

2020 yilda butun dunyo bo‘ylab OITV bilan kasallanganlarning taxminan 84 foizi OITV holatini bilishgan. Qolgan 16 foizi (taxminan 6,0 million kishi) hali ham OITV testi xizmatlaridan foydalanishga muhtoj. OITV testi OITVning oldini olish, davolash, o‘zini parvarish qilish uchun muhimdir.

Kasallikni davolash

OITVni davolash imkoniyati — 2020 yil iyun holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab OITV bilan kasallangan 28,2 million kishi (75 foiz) antiretrovirus terapiya (ART)dan foydalanmoqda. Bu 9,5 million odam hali davolanish imkoniyatini kutayotganini anglatadi. OITVni davolashga kirishish OITSni jamoat salomatligiga tahdid sifatida tugatish bo‘yicha global sa'y-harakatlarning kalitidir. 

O‘limlar

OITS bilan bog‘liq o‘limlar 2004 yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandan beri 64 foizga va 2010 yildan beri 47 foizga kamaydi. 2020 yilda dunyo bo‘ylab OITS bilan bog‘liq kasalliklardan 680 000 ga yaqin odam vafot etdi, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 1,3 millionni tashkil etgan.

Mintaqaviy ta'sir

OITV bilan kasallanganlarning katta qismi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda. 2020 yilda Sharqiy va Janubiy Afrikada 20,6 million kishi (55 foiz), Osiyo va Tinch okeanida 5,7 million (15 foiz), G‘arbiy va Markaziy Afrikada 4,7 million (13 foiz) va 2,2 million kishi (6 foiz) G‘arbiy va Markaziy Yevropa va Shimoliy Amerikada OITV bilan kasallangan.

OITSga qarshi kurash kuni

Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan beri har yili 1 dekabrda OITV infeksiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kundir. 

Bu kunni belgilash g‘oyasi birinchi marta 1987 yil avgust oyida Jyeneva (Shveytsariya)dagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining OITS bo‘yicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jyeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan o‘ylab topilgan.

Bunn va Netter o‘z g‘oyalarini OITS bo‘yicha global dastur direktori (hozirda UNAIDS deb nomlanadi) doktor Jonatan Manga ma'lum qildi. Mannga konsepsiya yoqdi, uni ma'qulladi va Jahon OITSga qarshi kurash kunini birinchi marta 1988 yil 1 dekabrda nishonlash taklifiga rozi bo‘ldi.

Bu kunning maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusni yo‘q qilish bo‘yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berishdir.

Madina Ochilova tayyorladi.

Mavzuga oid