Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:41 / 01.12.2021
4502
2 daqiqa o‘qiladi
Haydovchilarning «yo‘lda bezorilik» holati bilan ifodalanadigan harakatlari uchun javobgarlik joriy etiladi
“Ravon yo‘l” va “Yo‘l – piyoda uchun” tamoyillari joriy etiladi. Bu O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan.
Foto: Kun.uz
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida quyidagilar belgilandi:
- ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda yo‘l harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini “Ravon yo‘l” tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun normalari bilan tartibga solish, “Yo‘l – piyoda uchun” tamoyilini keng joriy etish;
- transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan, “yo‘lda bezorilik” holatlari bilan ifodalanadigan xatti-harakatlar uchun ma'muriy javobgarlikni joriy etish;
- davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash tizimiga va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish jarayoniga joriy etish;
- “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida umumta'lim muassasalarida “Yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha o‘quv tadbirlarini tashkil etish;
- umumta'lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari”ni tashkil etish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025