Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektorlari, PPX va YPX xodimlari ishini baholashda reyting tizimi joriy etiladi
Profilaktika inspektorlarining vazifalari takomillashtiriladi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aytilgan.
Profilaktika inspektorlari ortiqcha va keraksiz yuklamalardan ozod qilinib, ularning vazifalari 128 tadan 22 taga maqbullashtirilgan holda qat'iy ro‘yxat sifatida tasdiqlanmoqda.
Profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi.
Endi, profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholashda samaradorlik indikatorlarini o‘z ichiga oluvchi reyting tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
15:27 / 11.01.2025
Ekologiya nazorati inspektorlari maxsus xizmat quroli bilan ta’minlanadi
16:02 / 20.11.2024