Toshkent va Kobul o‘rtasidagi aviareyslar tiklanishi mumkin
KamAir aviakompaniyasi direktori Zamari Kamgar kelasi haftadan boshlab, haftasiga 2 marta Toshkent-Kobul va Kobul-Toshkent aviareyslari yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgan.
«Tolibon» rasmiylari O‘zbekiston tomoniga iqtisodiy va tranzit loyihalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan barcha shartlarni bajargan. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakili – bosh vazir o‘rinbosari Abdulg‘ani Birodar o‘rtasidagi uchrashuvda ta'kidlangan.
Uchrashuvda qatnashgan yana bir muvaqqat hukumat a'zosi Abdul Salom Hanafiy mamlakatda investor va tadbirkorlar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgani, shuningdek, o‘zbek tili qo‘llab-quvvatlanishi haqida gapirgan.
«Sputnik Afg‘oniston» nashriga ko‘ra, KamAir aviakompaniyasi direktori Zamari Kamgar kelasi haftadan boshlab, haftasiga 2 marta Toshkent-Kobul va Kobul-Toshkent aviareyslari yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgan.
«O‘zbekiston havo yo‘llar» aviakompaniyasi matbuot kotibi Kun.uz bilan suhbatda KamAir aviakompaniyasi Toshkent-Kobul o‘rtasidagi reyslarni amalga oshirishini tasdiqladi. Lekin reyslar soni va qachondan boshlanishi haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Transport vazirligi matbuot xizmati esa, hozircha Toshkent-Kobul o‘rtasidagi reyslar ochilishi haqida ma'lumot yo‘qligi, bu faqat Afg‘oniston tomonining taklifi ekanligini aytdi.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha izoh bermagan.
Vazirlikning Kobuldagi uchrashuv yuzasidan bergan rasmiy axborotda ham ikki davlat o‘rtasida aviqatnovlarni tiklash borasida hech qanday ma'lumot berilmagandi. Rasmiy relizda Afg‘oniston tomoni Surxon – Puli-Humri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yo‘li qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligi, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga Afg‘oniston hududidan tahdid kelmasligiga ishontirilgani haqida gap boradi.
18 noyabr kuni «Tolibon» hukumati axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklash ustida ishlar olib borilayotganini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024