O‘zbekiston | 10:01 / 01.12.2021
17748
2 daqiqa o‘qiladi
Transport old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi
"Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
- Haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
- Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llanadi.
- Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydi. Mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi.
- Transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
- Valutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi, ilgari qat'iy bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari edi.
- Avtomobilda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari etib belgilandi, ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha edi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.11.2024
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024