Jahon | 15:33 / 02.12.2021
1750
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada besh yoshdan oshgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

Bolalar vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalari bilan uch haftalik oraliqda emlanadi.

Foto: AFP/Getty Images

Italiya dori vositalari agentligi (AIFA) 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat berdi. Bu haqda ANSA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalar vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalari bilan uch haftalik oraliqda emlanadi.

Bolalarni emlash uchun 78ta maxsus markaz tashkil etiladi.

Emlash markazlarida pediatrlar, hamshiralar va animatorlar faoliyat ko‘rsatadi.

Noyabr oxirlarida Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) Pfizer-BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi 5-11 yoshli bolalarga mo‘ljallangan vaksinasidan foydalanishni tavsiya etgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid