Navoiyda qariyb 2 km quvurni noqonuniy kovlab olgan MChJ mas'ullariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Prokuratura departamenti
Qiziltepa tumanida 1 190,6 metr quvurni o‘zboshimchalik bilan kovlab olgan MChJ faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “S.T.” MChJ mas'ul shaxslari hududdagi ichimlik suvi quvurlarini ta'mirlash jarayonida “Navoiy suv ta'minoti” MChJ balansida bo‘lgan 1190,6 metr quvurni hech qanday hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan kovlab olgan. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 196,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu holat departamentning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 722 tonna ko‘mir kamomadiga yo‘l qo‘yganlarga jinoiy ish ochilgandi.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025