Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada qayiq ag‘darilishi natijasida qariyb 30 kishi halok bo‘ldi
Qayiqda 50 nafarga yaqin odam bo‘lib, ular diniy marosimga ketayotgan bo‘lgan.
Nigeriyaning Kano shtatida qayiq ag‘darilishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, qayiq Badau qishlog‘idan 5 kilometr masofada joylashgan Bagvay qishlog‘iga suzib ketayotgan bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, unda 50 nafarga yaqin odam bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida maktab o‘quvchilari ham borligi aytilmoqda. Yetti kishi qutqarib olingan, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025