Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo va Farg‘onada yer sotishga uringan shaxslar ushlandi
Sherobod va O‘zbekiston tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX hamda IIBning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.M. va Sh.U. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga 7 600 AQSh dollari evaziga “So‘x-Oqtepa” irrigatsiya tizimiga qarashli 60 sotix yer maydonini issiqxona qurish uchun rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yer sotishini aytib fuqarodan pul olgan fermer E.E. ushlangan.
Jumladan, u fuqaro B.ga o‘zi rahbarlik qilayotgan “Ch.Q.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1 050 gektar yaylov hamda 50 sotix suvli yerni 96 million so‘mga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga kelishgan. Kelishilgan summadan 83 million so‘m olgan. So‘ng 2 million so‘mni qaytarib bergan va bu holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025