Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti va BAA bosh vaziri o‘rinbosari hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining bosh vaziri o‘rinbosari – prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Amirliklar tomonini milliy bayram – mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan qutlab, do‘st BAA xalqiga farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.
Keng ko‘lamli O‘zbekiston-BAA hamkorligining strategik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgani aytiladi.
Qo‘shma innovatsion loyihalar va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilib, bunda Dubaydagi EXPO butunjahon ko‘rgazmasida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan mamlakatlarimiz salohiyatini hisobga olish lozimligi qayd etildi.
Istiqbolli loyihalarning yangi portfelini shakllantirish uchun yaqin fursatda hukumatlar delegatsiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025