Jahon | 22:24 / 04.12.2021
14210
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putin va Bayden muloqot o‘tkazadigan sanani ma'lum qildi

Reuters agentligining yozishicha, Bayden Putin bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilish niyatida.

Foto: AP/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden 7 dekabr kuni telefon orqali muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

U suhbat seshanba kuni kechki vaqtda bo‘lib o‘tishini bildirdi, ammo aniq vaqtini ma'lum qilmadi.

«Prezidentlar o‘zlari belgilaydi», — dedi u jurnalistlarning bu boradagi savoliga javoban. 

Reuters agentligi esa Bayden Putin bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilish niyatidaligini xabar qildi. Xabarda aytilishicha, muloqot video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin va Jo Bayden ikki tomonlama munosabatlar, Afg‘oniston, Iroq, Ukraina, Liviyaga oid masalalar borasida suhbatlashishini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid