Britaniya qirolichasi taxtni o‘g‘liga topshirishni boshlagani aytildi
Britaniya monarxiyasini o‘rganuvchi tarixchi Ed Ouensning fikricha, Britaniya taxti qirolicha Yelizaveta II’dan uning o‘g‘li shahzoda Charlzga topshirilishi boshlangan. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.
“Qirolichaning o‘limi qirollik uyida inqiroz keltirib chiqarmaydi. Charlzga taxtni ramziy topshirish jarayoni boshlangan”, deb aytgan Ouens. U oxirgi vaqtda shahzoda tez-tez turli tadbirlarda onasi o‘rniga ishtirok etayotganiga va unvonlarni berish vazifasini o‘z zimmasiga olganiga e'tibor qaratgan. Avval bu bilan qirolicha shug‘ullangan.
Ta'kidlanishicha, tarixchining bunday izohlariga 95 yoshli qirolichaning salomatligi yomonlashayotgani sabab hisoblanadi. Oktyabrda shifokorlar Yelizaveta II’ga ommaviy tadbirlardan dam olishni tavsiya qilishgan. Shundan keyin monarx Shimoliy Irlandiyaga safarini, BMTning Glazgodagi iqlim bo‘yicha sammitiga tashrifini bekor qilgan va shifoxonaga tekshiruvga yotgan. Noyabrda qirolicha xotira kuni munosabati bilan o‘tgan tadbirlarda ham ishtirok etmagan. Rasman bu qirolichaning belidagi og‘riq bilan tushuntirilgan.
Avvalroq ekspertlar shahzoda Charlzning qirol bo‘lish imkoniyatiga shubha bildirishgan. Tarixchi Martin Viner uning taxtga o‘tirishi Birlashgan qirollikning parchalanishiga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Shahzoda Charlz Yelizaveta II’ning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, qirolicha o‘limidan keyin taxt unga o‘tadi. Qirolichaning yana uch farzandi bor: qirolicha Anna, shahzodalar Edvard va Endryu. Britaniya taxtiga da'vogarlar qatorida Charlzdan keyin uning o‘g‘li shahzoda Uilyam turadi.
Mavzuga oid
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
18:36 / 01.01.2023