Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metroning barcha yo‘nalishlarida tig‘iz paytlarda oraliq intervallar qisqartiriladi
“Toshkent metropoliteni” DUK rahbari Rahmonbek Usmonov “Toshkent metropoliteni” DUK tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida qator masalalar topshiriq sifatida mas'ullar zimmasiga yuklatildi.
Xususan, tirbandliklar oldini olish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida, poyezdlar harakati jadvalini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallanmoqda.
Metropoliten barcha yo‘nalishlarida “tig‘iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘shimcha harakat tarkiblari sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, metropolitenning asosiy ish faoliyatiga ta'sir qilmagan holda, “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, hafta so‘ngiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi fotosuratlar bilan ma'lumot taqdim etish vazifasi yuklandi.
2021 yilning so‘nggi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi holatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar to‘g‘risida tahliliy ma'lumot tayyorlanadi.
Yerusti halqa yo‘li qurilish ishlarining 2-bosqichi 8-, 9-, 10-, 11-metro bekatlarining qurilish obektiga qurilish montaj ishlar bo‘yicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir mas'ul xodimi tomonidan qurilish holati puxta o‘rganilib, hafta davomida aniqlangan va avval ko‘rsatilgan, lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etiladi.
Mavzuga oid
07:37 / 26.05.2022
Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qoldi
10:55 / 17.05.2022
Toshkent metrosida 58 yoshli erkak poyezd yo‘liga tushib ketdi
12:23 / 14.04.2022
Toshkent metrosi aholidan jyetonlarni xarid qilishi haqida e’lon berdi
08:58 / 14.04.2022