Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda mehmonxona qurilishi uchun ruxsat olingan joyga ko‘p qavatli uy qurilayotgani ma'lum qilindi
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida mehmonxona qurilishi uchun ruxsat olingan joyga tadbirkor tomonidan ko‘p qavatli uy qurilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 7 dekabr kuni viloyat hokimi Samarqanddagi mahalla va ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish uchun turli tashkilot rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamrohligida shahar ko‘chalarini piyoda aylangan.
U Cho‘pon-ota, Sadriddin Ayniy va Namozgoh ko‘chalaridagi qurilish-bunyodkorlik ishlari holati hamda yo‘llarda aholiga yaratilgan qulayliklarni o‘rganib chiqqan.
Jarayonda yuqoridagi ko‘chalarning ayrim qismlarida tadbirkorlar tomonidan piyodalar yo‘lakchasi o‘rni egallab olingani ma'lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, ularga davlat idoralari tomonidan bir necha bor ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, ular piyodalar yo‘lakchalarini ochib qo‘ymagan.
Bundan tashqari, Cho‘pon-ota ko‘chasida Famili Palas deb nomlangan qurilish obekti tekshirilganda u yerda tadbirkor mehmonxona qurish uchun ruxsat olgan holda ko‘p qavatli uy qurayotgani aniqlangan. Shuningdek, mazkur obektning sotuv ofisi piyodalar yo‘lakchasining ustiga qurilgani va bir necha marta ogohlantirilganiga qaramasdan yo‘lakcha ochib qo‘yilmagani ma'lum bo‘lgan.
Shahar ko‘chalarini aylanish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha viloyat miqyosidagi to‘rtta tashkilot rahbarlarining lavozimiga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqilishi, bu bo‘yicha tegishli vazirliklarga rasmiy xat yuborilishi aytilgan.
Mavzuga oid
16:14 / 23.01.2025
2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
14:59 / 15.01.2025
“40-50 yillik daraxtlar kesib tashlandi” – Anhor kanali bo‘yidagi qurilishdan odamlar norozi
15:21 / 10.01.2025
Tanqiddan so‘ng: Navoiyda 167 xonadonli “novostroyka”ni 425 kishiga sotgan quruvchi qamoqqa olindi
17:38 / 28.12.2024