Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShga Pekin Olimpiadasini boykot qilgani uchun javob qaytarish bilan tahdid qildi
Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, Pekin AQShning bu harakatiga nisbatan qarshi choralar ko‘radi.
AQSh Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlarini diplomatik boykot qilgani uchun javob beradi, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan.
“AQSh noto‘g‘ri yo‘l tutgani uchun badal to‘laydi”, – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Channel NewsAsia.
Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, Pekin AQShning bu harakatiga nisbatan qarshi choralar ko‘radi. Ammo u qanday choralar ko‘rilishini aytmadi va voqealar rivojini kuzatishga chaqirdi.
“AQSh sportni siyosiylashtirishni va qishki Olimpiada o‘tkazilishini izdan chiqarishni bas qilishi kerak, aks holda bu ikki tomonlama va boshqa qator sohalardagi hamkorlikka zarar yetkazishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qildi u.
Dushanba kuni Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki AQSh 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e'lon qilganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ushbu qaror AQSh diplomatik va rasmiy shaxslari Olimpiadaga bormasliklarini anglatadi, biroq sportchilar musobaqalarda ishtirok eta olishi mumkin.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Pekin Olimpiadasi boykot qilinishi mumkinligini aytgandi. Baydenning ta'kidlashicha, bu qaror Xitoy tomondan nafaqat Sinszyanda, balki Tibet va Hongkongdagi inson huquqlari buzilishlari bilan bog‘langan. Vashingtonning ushbu tashabbusini Avstraliya qo‘llab-quvvatlagan.
Pekin Olimpiadasi 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025