Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangiariq» umumqo‘shin poligonida yangi harbiy markaz ish boshladi
Xorazm viloyatidagi «Yangiariq» umumqo‘shin poligonida harbiy xizmatchilarning cho‘l sharoitida yashovchanligini oshirish, og‘ir ekstremal vaziyatlarda jon saqlash sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan yangi harbiy markaz o‘z faoliyatini boshladi.
Markazning tantanali ochilish marosimida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Iqbol Abdurahmonov, mehnat faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Xorazm viloyatidagi kuch tuzilmalarining jangovar tayyorgarlikdan amaliy mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazish uchun 4 ming gektar yer maydoniga ega bo‘lgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining «Yangiariq» umumqo‘shin poligoni barcha qulayliklarga ega bo‘ldi.
Bo‘linmalarni cho‘l sharoitida tayyorlash markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun poligon hududidagi harbiy topografiya, razvedka, otish va tibbiy tayyorgarliklar, shuningdek yashovchanlikni oshirish xonalaridan iborat o‘quv binosi, ko‘rgazmali eksponatlardan iborat bo‘lgan hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan ikkita yashovchanlik shaharchasi, 150 o‘rinli yotoqxona hamda markaz shaxsiy tarkibining xizmat xonalari ajratildi.
Bu dargohda bir vaqtning o‘zida 50 nafar harbiy xizmatchi toifasidagi oddiy askar va serjantlar 14 kun davomida tahsil oladi. O‘quv jarayonining 10 foizi nazariy, 90 foizi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Ta'lim jarayoni qishki va yozgi mavsumlardan iborat.
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan Yashovchanlik shaharchasida sahroda olov yoqish, suv topish va tozalash hamda zaxirasini yaratish, ov qilish va oziq-ovqat zaxirasini g‘amlash, ovqat tayyorlash, tibbiy yordam ko‘rsatish, bo‘linmalarning joylashuvi uchun pana joylarini jihozlash hamda niqoblash, kuzatuv ishlarini olib borish kabi o‘quv joylari barpo etilgan.
Mavzuga oid
09:41 / 26.03.2025
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
23:02 / 15.08.2024
Litva Belarus bilan chegara yaqiniga harbiy shaharcha quradi
13:01 / 18.06.2024
Chexiyadagi harbiy poligonda portlash: harbiy xizmatchi halok bo‘ldi
14:55 / 25.04.2024