Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
80 yil oldin Yaponiya Perl-Harborga hujum qilgandi va AQSh urushga tortilgandi. Fotolar
1941 yil oxirigacha AQSh Ikkinchi jahon urushida betaraflik saqlab qolayotgandi.
«Kaliforniya» linkoriga torpedo borib tegishi. Bu hujum oqibatida uning ekipaji a'zolaridan 98 kishi halok bo‘lgan, zarbadan teshilgan kema uch kun o‘tib cho‘kib ketgan. 1944 yilda kema yuqoriga ko‘tarilgan, ta'mirlangan va yana flot tarkibiga qaytarilgan.
United States Office of War Information / Library of Congress
1941 yilning 7 dekabrida Yaponiya oldindan urush e'lon qilmasdan AQShning Havayi orollaridagi Perl-Harbor harbiy-dengiz bazasiga hujum uyushtiradi. Hujumdan asosiy maqsad Amerika flotining zarbdor qismini ishdan chiqarish edi — bu orqali Yaponiya Janubiy-Sharqiy Osiyoni jiddiy qarshiliksiz egallashda vaqtdan yutishni maqsad qilgandi.
Amerikaliklar Yaponiyadan 6,5 ming km masofada joylashgan orolga hujum qilishlarini kutmagan — harbiy kemalar va samolyotlar jangovar shay holatda emasdi. Hujum kunida Perl-Harborda asosiy nishon sifatida nazarda tutilgan birorta aviatashuvchi bo‘lmagan bo‘lsa-da, Amerika floti uchun zarar sezilarli darajada bo‘ladi: sakkiz linkor cho‘kib ketgan, 2403 kishi halok bo‘lgan. Yaponiya 64 uchuvchi va 29 samolyotini yo‘qotgan. Bir kun o‘tib AQSh rasman Yaponiyaga urush ochgan. Keyingi yarim yillikda, AQSh bu zarbadan tiklanish bilan band bo‘lganida Yaponiya Tinch okeanining Osiyo qismidagi qirg‘oqlarini egallashda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishadi.
Yaponiya hujumidan bir yil oldin Perl-Harbor buxtasidagi (ko‘rfaz) kemalar.
U.S. Navy / National Archives / Reuters / Scanpix / LETAHujum vaqtida yapon samolyoti bortidan olingan surat
New York World-Telegram and the Sun Newspaper Photograph Collection / Library of CongressYaponlar hujumidan keyin Perl-Harborda yuzaga kelgan manzara
akg-images / Scanpix / LETAKo‘rfaz va undagi samolyotlar, surat yaponlar samolyoti bortida olingan
Imperial Japanese Navy / Official U.S. Navy photographHujumga uchragan «Oklahoma», «Merilend» va «Vest Virjiniya» linkorlari.
National Archives and Records Administration / Library of CongressTinch okean flotining eng katta kemalaridan biri bo‘lmish «Arizona» linkorining halokati Perl-Harbor qirg‘ini ramziga aylanadi. Kemaga tashlangan bomba uning o‘q-dori saqlanuvchi qismiga tushadi va 1400 ekipaj a'zosidan 1177 nafari halok bo‘ladi.
U.S. Navy / U.S. Naval History and Heritage Command / Reuters / Scanpix / LETAOlov ichida qolgan «Vest Virjiniya» linkori. To‘qqizta torpeda va ikkita aviabomba tekkach, kema yonboshlab qolgan. 1944 yilda u ta'mirlangan va safga qaytarilgan.
Farm Security Administration / Office of War Information photograph collection / Library of CongressYapon samolyotlari tashlagan bomba fuqaro avtomobillarini ham portlatgan. Library of CongressVayron bo‘lgan samolyotlar angari. Archive Photos / Getty ImagesDengizchilar hujum vaqtida halok bo‘lgan quroldoshlari qabrida. Library of CongressSan-Fransiskoda yashovchi yaponlarni internirlash (dushman mamlakat fuqarolarini urush yakuniga qadar ozodlikdan mahrum etish) haqidagi buyruq. 1942 yilda AQShning G‘arbiy sohilida kelib chiqishiga ko‘ra Yaponiyaga mansub bo‘lgan 120 mingdan ortiq kishi lagerlarga joylashtirilgan. Ularga uylariga qaytishga faqat 1945 yilda ruxsat berilgan. 1988 yilda AQSh hukumati «siyosiy rahbariyatning xatolari va harbiy jazava oqibati»da ro‘y bergan internirlash uchun uzr so‘ragan, jabrlanuvchilarga tovon pullari to‘langan.
National Archives at College ParkSan-Fransiskoda lagerga yuborilayotgan yapon bolalari. Ulardan birining bosh kiyimida «Perl-Harborni yodda tut» deb yozib qo‘yilgan
Library of CongressKaliforniyadagi gazeta sotuvchi bola - uning muqovasida Perl-Harborga hujum haqida xabar berilgan
Anthony Potter Collection / Getty Images«Perl-Harborni yodda tut» yozuvi tushirilgan plakat
National Archives and Records Administration