O‘zbekiston | 20:20 / 08.12.2021
2273
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda pirotexnika vositalarini olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Andijon viloyati “Do‘stlik” chegara bojxona postida noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini olib kirayotgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur post orqali piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi A.G.ning bezovtalanishi bojxonachilar diqqatini tortdi. Shundan so‘ng, ushbu shaxslar  xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, u yonidagi qiymati salkam 5 mln so‘mlik jami 19 800 dona “S novym godom” nomli pirotexnika vositalarini yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid