Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda maktab direktorlariga berilgan topshiriq bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar XTB tomonidan direktorlarga maktablarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda viloyat prokurori yordamchilari ishtirok etgani haqida bayonnomalarni rasmiylashtirib kelish topshirig‘i berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, Samarqand shahar XTB mutasaddisi tomonidan direktorlarga maktablarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda «viloyat prokurorining yordamchilari Xurshid Musurmonov va Mukarram Hamroyeva ishtirok etdi» degan mazmunda bayonnoma yozib berish talabi qo‘yilgan. Bu topshiriq viloyat prokuraturasi tomonidan so‘ralayotgani aytilgan.
«Hamma bugun soat 14:30gacha 2021 yil yanvar-noyabr oyigacha bittadan korrupsiyaning oldini olish, suitsid, erta tug‘uruq, jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bayonnomasini yozib kelsin. Kimdir yanvarga, kimdir martga, farqi yo‘q. Bayonnomaga profilaktik inspektor o‘rniga «viloyat prokurorining o‘rinbosari Xurshid Musurmonov va viloyat prokurorining yordamchisi Mukarram Hamroyeva ishtirok etdi» deb qo‘yib bersin. Sizlardan iltimos, soat 15:30gacha yetkazing. Viloyat prokuraturasi 15:00gacha topshiring dedi. Eskisini o‘girasiz. Faqat ishtirokchining familiyasi o‘zgaradi. 5 daqiqa ham ketmaydi», deyiladi.
Qayd etilishicha, mazkur xabar yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan. O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.
Mavzuga oid
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
18:30 / 29.04.2025
Qo‘shko‘pirda sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
13:58 / 29.04.2025