Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament raisi o‘rinbosari Pekindagi Olimpiada o‘yinlarini “umumiy boykot” qilish kerakligini aytdi
6 dekabrda AQSh Xitoy tomonidan inson huquqlari buzilishiga javoban Pekin Olimpiadasiga rasmiy va diplomatik shaxslarini yubormasligini e'lon qilgandi.
Yevroparlament (YeP) raisi o‘rinbosari Nikola Ber Pekindagi 2022 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarini umumiy boykot qilish kerakligini aytdi.
“Yevropa ittifoqi AQSh soyasida qolmasligi kerak, aksincha, inson huquqlariga rioya qilinishi masalasida oldinda turishi va qishki Olimpiada o‘yinlarini umumiy boykot qilishga chaqirishi kerak”, — dedi Ber.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh e'lon qilgan diplomatik boykot sal kechikibroq amalga oshirildi.
“AQSh ham, YeI ham Xitoy inson huquqlarini ochiqchasiga buzib turgan vaqtda Pekinda qishki o‘yinlar o‘tkazilishini jimgina kuzatib turishdan manfaatdor emas”, — deb ta'kidladi Yevroparlament raisi o‘rinbosari.
6 dekabrda AQSh Xitoy tomonidan inson huquqlari buzilishiga javoban Pekin Olimpiadasiga rasmiy va diplomatik shaxslarini yubormasligini e'lon qilgandi.
8 dekabrda Avstraliya ham Pekin Olimpiadasiga boykot e'lon qildi.
XXIV qishki Olimpiada o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:29 / 05.05.2025
O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi
15:32 / 26.11.2024