Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
Buxoro viloyatida kredit chiqarishga yordam bermoqchi bo‘lgan shaxs olgan pullarni qaytarib berdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish sektori yetakchi mutaxassisi O.D. xizmat mavqeyidan foydalanib, “M.I.” MChJ rahbari M.ga bank muassasasidan 400 ming AQSh dollari kredit olib berishda amaliy yordam berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 3 000 AQSh dollarini qaytargani holati protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025