Hindiston xalqaro aviareyslarga taqiqlovni yanvar oxirigacha uzaytirdi
Hindiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi mamlakatda pandemiya sababli amal qilayotgan xalqaro yo‘lovchi aviareyslarga taqiqlovni 2022 yil yanvar oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda Rediff.com hind portali xabar berdi.
“Mutasaddi tashkilot Hindistonga va Hindistondan muntazam xalqaro aviareyslarga taqiqlovni 2022 yil 31 yanvargacha uzaytirdi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Shu tariqa, Hindiston 15 dekabrdan xalqaro aviareyslarni tiklamaslikka qaror qilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu qaror koronavirusning yangi “omikron” shtammi tarqalishi bilan bog‘langan.
Hindistonda xalqaro va ichki yo‘lovchi aviareyslari 2020 yil martida pandemiya sababli to‘xtatilgandi. Keyinroq Hindiston “havo pufaklari” dasturini yo‘lga qo‘ygan. U Hindiston va ikkinchi davlat aviakompaniyalariga muayyan shaharlar o‘rtasida cheklangan sonda o‘zaro xalqaro aviareyslarni bajarish imkonini bergan.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024