Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda ichida 100 dona kassetali bomba bo‘lgan konteyner o‘g‘irlab ketildi
Bombalar joylangan konteyner portlovchi qurilmalarni zararsizlantirishga ixtisoslashgan kompaniya omboridan o‘g‘irlab ketilgan.
Iroqning Basra viloyatida yuz dona kassetali bombalar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Viloyatning Az-Zubayr okrugi rahbari Abbos Mohirning so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmalarni zararsizlantirishga ixtisoslashgan kompaniya omboridan bombalar joylangan konteyner yo‘qolgan.
“Portlamay qolgan bombalarni zararsizlantiruvchi kompaniyalar bunday bombalarni keyinchalik portlatib yo‘q qilish uchun maxsus konteynerlarga to‘playdi”, — dedi Mohir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, chorshanba kuni ana shunday konteynerlardan biri o‘g‘irlangani xabar qilingan. Unda 100 dona kassetali bomba bo‘lgan.
Hozirda o‘g‘irlab ketilgan bombalarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
13:07 / 12.02.2025